O‘zbekiston yuridik OTMlari konsorsiumi bilan inson huquqlari bo‘yicha hamkorlik negizida Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari Sobir Alishayev va Dilshod Yegamberdiyev tomonidan "Inson huquqlari" kursi doirasida Akademiya bakalavriatining "Tergov faoliyati" yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun ma’ruzalar tashkil etildi.
Ma’ruzalar davomida jinoyat protsessida inson huquqlarini ta’minlash va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish masalasi alohida ta’kidlandi.
Ma’ruza yakunida tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.