O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘limi prokurori I.M.Marksov tomonidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriat talabalari uchun “Inson huquqi” fani doirasida mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbir davomida prokuratura organlari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot yakunida tinlovchilar o‘zlari tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob olishdi.