Sayyor o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi

Sayyor o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish” yo‘nalishi magistratura talabalari uchun “Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilishdagi dolzarb muammolar” o‘quv moduli doirasida O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi Portlash-texnik ekspertizalar bo‘limida sayyor o‘quv-amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida mutaxassislar tomonidan bo‘limning tashkil etilishi tarixi, portlash texnika ekspertizasining o‘ziga hos jihatlari, boshqa ekspertizalardan farqli jihatlari, ushbu ekspertiza turining o‘tkazilishi talablari va tartibi tushuntirib berildi, shuningdek, tinglovchilar markaz muzeyi bilan tanishtirildi.

Sayyor o‘quv-amaliy mashg‘uloti davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.