2018 yilning 20 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.05.2018.Yu.67.01 raqamli ilmiy seminarning birinchi sonli majlisi bo'lib o'tdi.
Ilmiy seminar majlisida «12.00.07– Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Advokatura» ixtisosligi bo'yicha doktorant Abdurahmonxo'jaev Jamoliddin Xusanxon o'g'lining «O'zbekistonda sudyalar korpusini shakllantirishni takomillashtirish va ularni mustaqilligini ta'minlash» mavzusidagi dissertatsiya ishi (PhD) hamda doktorant Mirzaev Shuxrat Mashrabovichning «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni muhofaza qilish organlari muvofiqlashtirish va o'zaro hamkorligi sohasidagi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari» mavzusidagi dissertatsiya ishi (PhD) muhokama qilindi.
Professor-o'qituvchilar, izlanuvchilar va sohaga qiziquvchi boshqa shaxslar majlisda ishtirok etdilar. Dissertatsiya ishlari muhokamalari yakunida ilmiy seminar a'zolari tomonidan dissertatsiya ishini takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.