AQSH Federal tergov byurosi vakillarining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

AQSH Federal tergov byurosi vakillarining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga AQSH Federal tergov byurosi direktorining Xalqaro huquqiy masalalar bo‘yicha yordamchisi  Jeyson Bichi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Akademiyaning jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlagan holda tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimini joriy etishga qaratilgan faoliyati, kriminalistik poligon, kiberlaboratoriya, voqea joyini ko‘zdan kechirish, sud jarayoni imitatsiyasini amalga oshirish va boshqa maxsus o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif  yakunida tomonlar ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.