Korrupsiyaning oldini olish mavzusida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi

Korrupsiyaning oldini olish mavzusida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Toshkent shahar Bosh boshqarmasi bank xizmatlari markazida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan bank xizmatlari markazining xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.