Fransiya Respublikasi Milliy magistratura maktabi (ENM) bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi

Fransiya Respublikasi Milliy magistratura maktabi (ENM) bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining bir yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Fransiya Respublikasi Milliy magistratura maktabi (ENM) o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Tadbirda Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim, Fransiya Milliy magistratura maktabi direktori o‘rinbosari Haffid Bulakras, Akademiya rahbariyati va tomonlarning boshqa vakillari ishtirok etishdi.

Tomonlar hamkorlik kelishuvini samarali amalga oshirish masalalarini hamda uning doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek taraflar uchun o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari va eng muhim yo‘nalishlarini belgilab oldilar.