Prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ilmiy-ijodiy tanlovlar davom etmoqda

Prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida ilmiy-ijodiy tanlovlar davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi “Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va prokuratura organlarining aholi bilan yanada yaqin hamkorligini ta’minlashda xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–170-sonli Qarori ijrosi yuzasidan prokuratura organlari xodimlari  o‘rtasida  ilmiy-ijodiy  tanlovlarning yakuniy  natijalarini baholash bo‘yicha hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Hay’at yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markaz, Toshkent davlat yuridik universitetidan mutaxassislar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda “Milliy nashrlarda chop etilgan eng yaxshi ilmiy maqola”,  “Xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan eng yaxshi ilmiy maqola”, “Eng yaxshi tahliliy ma’lumot” hamda “Eng faol huquq targ‘ibotchisi” tanlovlarida ishtirok etish uchun kelib tushgan 42 nafar talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ularni baholash bo‘yicha tegishli ishchi guruhlar shakllantirildi.

O‘z navbatida, tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatimizda prokuratura organlari xodimlarning qonun ustuvorligini ta’minlashda ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish ekanligini inobatga olib, hay’at a’zolari tomonidan  bu kabi tanlovlarda xodimlarning ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surildi.