Akademiya vakili Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Turon bank” ATB tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va “Turon bank” ATB mas’ul xodimlari ma’ruzalar bilan chiqish qilishdi. Xuchusan, Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov ishtirokchilarga BMT Korrupsiya qarshi konvensiyasi qoidalari asosida milliy jinoyat qonunchiligini takomillashtirish haqida ma’lumot berdi.