Talabalar o‘rtasida shaxmat hamda shashka bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi

Talabalar o‘rtasida shaxmat hamda shashka bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi

“Talabalar ligasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari o‘rtasida sportning shaxmat hamda shashka turlari bo‘yicha bellashuv o‘tkazildi.
Bellashuvda shaxmat hamda shashkaga qiziquvchi 100 ga yaqin talabalar ishtirok etishdi. 
Murosasiz o‘yinlar natijasiga ko‘ra, shaxmat bo‘yicha
3-kurs talabasi Mamatqulov Jahongir Baxodir o‘g‘li 1-o‘rin, 1-kurs talabasi Yuldashev Ozodbek Lazizjon o‘g‘li 2-o‘rin hamda 1-kurs talabasi Raxmonov Sherzod Barxayotjon o‘g‘li 3-o‘rinni, shashka bo‘yicha 3-kurs talabasi Ataboev Sardor Akmal o‘g‘li 1-o‘rin,  1-kurs talabasi Sadullaev Ravshan Rustam o‘g‘li 2-o‘rin hamda 1-kurs talabasi G‘aybullaeva Rushana Safar qizi 3-o‘rinni egallashdi.
Sport tadbirlari davom emoqda, boshqa sport turlari bo‘yicha natijalar muntazam berib boriladi.