Joriy yilning 14 may kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Korruptsiyaga qarshi kurashish tarmog'i (IHTT Tarmog'i) ekspertlari bilan videokonferentsaloqa rejimida uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zbekiston tomonidan Bosh prokuratura Akademiyasi va Korruptsiyaga qarshi kurishish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining ekspert guruhi rahbariyati ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida pandemiya sharoitida Tarmoqning 2020 yil uchun rejasi hamda IHTT Tarmog'i Boshqaruv guruhining joriy yilning 28 may kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan 25-majlisida ko'rib chiqiladigan boshqa masalalar muhokama qilib olindi.