Akademiya jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi qabul qilingani munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etilgan “Ekiden-Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etdi.
Musobaqada 100 ga yaqin jamoalar bellashib, ular 22,26 km masofani bosib o‘tishi, har bir jamoa vakili 3,18 km dan yugurishi talab etildi.
Mazkur musobaqada Bosh prokuratura hamda Akademiya jamoasi faol ishtirok etdi.
Tadbir yakunida har bir jamoa ishtirokchilariga medallar topshirildi.