Majburiy ijro byurosi faoliyatida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolarni oldini olish hamda ularni bartaraf etish

Majburiy ijro byurosi faoliyatida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolarni oldini olish hamda ularni bartaraf etish

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan joriy yilning 8 sentyabr kuni Majburiy ijro byurosi bilan o'zaro hamkorlikda Byuro faoliyatida tizimli ravishda yuzaga kelayotgan kamchiliklar va muammolarni oldini olish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan videokonferensaloqa rejimida o'quv-seminari o'tkazildi.

Mazkur tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasining professor-o'qituvchilari va tinglovchilari, Majburiy ijro byurosi markaziy mahkamasi xodimlari, Byuroning barcha viloyat hamda tuman (shahar) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish bo'limlari inspektorlari, davlat ijrochilari, shuningdek viloyat prokuraturalarining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilish bo'limi boshliqlari ishtirok etdilar.

O'quv-seminar davomida iqtisodiy sudlar qarorlari ijrosini to'liq ta'minlash, qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish, undiruvni debitorlik qarziga qaratish tartibi, undirilgan pul mablag'larini bir necha undiruvchilar o'rtasida to'g'ri taqsimlash, shuningdek davlat daromadiga o'tkazilishi belgilangan mol-mulkning hisobini yuritish ishlarini tashkil etish va ularni saqlashga doir dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi.

Tadbir davomida byuro faoliyatining ish samaradorligini oshirish hamda ilg'or amaliy tajribalarni keng joriy etish maqsadida byuro faoliyatida tizimli ravishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar va yuzaga kelayotgan muammolarning tahlili hamda uning natijasidan kelib chiqib, aniqlangan holatlarni oldini olish va bartaraf etish bo'yicha tegishli tavsiya hamda ko'rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida xodimlarga sohaga oid qonunchilikdagi o'zgarishlar va yangiliklarni mazmuni haqida batafsil tushuntirishlar berilib, viloyat studiyalarida qatnashayotgan ishtirokchilar tomonidan amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar o'tkazildi.