Sport tadbiri tashkil etildi

Sport tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Akademiya bakalavriati talabalari o‘rtasida futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Mazkur musobaqada 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan o‘yinlar natijalariga ko‘ra, 1-kurs “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi (rus guruhi) jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Sport tadbirlari doimiy tarzda davom ettirib kelinmoqda.