Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMT GJB Giyohvandсhilik va jinoyatchilik bilan bog‘liq transmilliy tahdidlarni o‘rganish va tahlil qilish axborot markazi rahbari Salome Flores Siyerra Franzoni hamda Akademiya rahbariyatining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida xalqaro giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va moliyaviy oqimlarni baholash borasida ma’lumotlar almashish hamda ushbu sohada xalqaro tajribani o‘rganishga qaratilgan istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.