Magistratura tinglovchilari uchun trening mashg‘ulotlari tashkil etildi

Magistratura tinglovchilari uchun trening mashg‘ulotlari tashkil etildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchilari uchun Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi moduli doirasida xalqaro ekspert, Vestministr Xalqaro universiteti professori, DSc N.Alimuxamedova ishtirokida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 
Trening doirasida magistratura tinglovchilaring ilmiy salohiyatini yuksaltirish, mavjud iste’dodlarni yuzaga chiqarish, xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonish sirlari bilan bog‘liq ko‘nikmalari rivojlantirilib, ilmiy faoliyatga qo‘yilgan xalqaro va milliy talablar, dissertatsiya va uning doirasida xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, ilmiy maqola yozish hamda shu bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama qilindi.