Akademiyada YUNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari Annet Obolenski va Madina Kokanbayevalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda YUNЕSKO bilan hamkorlik istiqbollari, jumladan Akademiya tinglovchilari uchun o‘quv modullarini ishlab chiqish va moslashtirish, xorijiy ekspertlarni jalb qilish va seminar-treninglar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.