Akademiyada Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ekspertlari M.Bo‘stoniy, N.Isabayeva hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan Akademiyaga jalb etilgan ekspertlar O.Manabu va Ya.Nishidalar bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Jahon banki va JICA ekspertlari tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan bugungi kundagi loyihalar, ularning amalga oshirilish holati, o‘zaro muvofiqligi hamda kelgusi muhim vazifalar muhokama qilindi.