Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Akademiyada ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Akademiyada “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kasbiy va ishchanlik mahoratini oshirish, ularning ma’nan yetuk, halol hamda o‘z kasbiga sadoqatli va yuqori mas’uliyatli xodimlar yetishtirishga alohida e’tibor qaratib kelinadi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Akademiyada yetti ustuvor yo‘nalishda tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Mazkun yo‘nalishdagi navbatdagi tadbir Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassislari ishtirokida ijodiy uchrashuv tarzida tashkil etildi.
Unda insonning ma’nan kamol topishida ma’naviy fazilatlardan biri bo‘lgan vatanparvarlik, kasbga sadoqat hamda halollikning o‘rni mazmun va mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu uch fazilat insonning shaxsiy rivojlanishi, jamiyatdagi muvaffaqiyatli faoliyati va milliy o‘zlikni anglashda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan Akademiya talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.