O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi
2019 yilga quyidagi ixtisoslik bo'yicha
tayanch doktorantura (PhD) va
mustaqil izlanuvchilikka
QABUL E'LON QILADI
Hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo'lgan davrda qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo'lganlar qabul qilinadi:
- magistr darajasiga, oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lganlar;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha ikkitadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislariga ega bo'lganlar.
Tayanch doktoranturada (PhD) o'qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma'lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o'rganilgan xorijiy til) bo'yicha kirish imtihonlari topshiradilar.
Talabgorlarda IELTS (o'rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo'lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo'lmagan), CEFR (V2 darajadan past bo'lmagan) bo'yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo'lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 2018 yil 1 - 25 noyabr davrida o'tkaziladi.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilar rasmiylashtiriladi:
- magistr diplomi yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi (ixtisoslik bo'yicha) diplomga ega bo'lganlar;
- belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo'lganlar;
- kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo'lganlar.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo'lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so'ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
- qisqacha biografik ma'lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturi bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma.
Ma'lumot uchun manzil:
Toshkent shahri Maxtumquli ko'chasi 59 uy.
Telefon: 236-11-86.