Mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun tanlov bo‘lib o‘tdi

Mustaqil izlanuvchilikka qabul uchun tanlov bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida joriy yilning 1-choragi uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbatda komissiya a’zolari tomonidan talabgorlarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo‘yicha ko‘nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi. 

Mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish yuzasidan tanlov yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.