Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov” nomli oʼquv-amaliy qoʼllanma tayyorlandi.
Unda voyaga yetmaganlarning qonun bilan aloqa/ziddiyatga kirishishining profilaktikasi, qonun bilan aloqa/ziddiyatga kirishgan voyaga yetmaganlar bilan muloqot qilishning oʼziga xos xususiyatlari, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy odil sudlov (yuvenal yustitsiya), jinoiy odil sudlovni amalga oshirish jarayonida jinoyat jabrlanuvchisi va guvohi boʼlgan voyaga yetmaganlar huquqlarining himoyasi, bugungi kunda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan zamonaviy tahdidlar hamda ularga qarshi kurashish kabi muhim mavzularni qamrab olgan.
Mazkur qoʼllanma prokuratura organlari xodimlari, soha mutaxassislari, ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar hamda talabalar uchun muhim maʼlumotlar manbai boʼlib xizmat qiladi.