“Harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi” moduli doirasida amaliy mahorat darslari

“Harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi” moduli doirasida amaliy mahorat darslari

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalarining kasbiy tayyorgarligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasining harbiy xizmatchisi podpolkovnik F.A.Abdurazakov ishtirokida bakalavriatning 1-bosqich talabalari bilan “Harbiy-vatanparvarlik tayyorgarligi” moduli doirasida “Otish tayyorgarligi” fani bo‘yicha amaliy master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar mobaynida talabalar “O‘qotar qurollardan otish qoidalari” mavzusi doirasida o‘q otishning vazifasi, uning mohiyati va bajarish ketma-ketligi, o‘q uzishning mohiyati, usullari va turlari, har qanday og‘ir sharoitlarda hamda harakatlanuvchi nishonlarga qarata o‘q otish qoidalari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdilar.

Mutaxasis tomonidan talabalarga otish asoslari va qoidalari hamda shular kabi boshqa ularni qiziqtirgan savollar bafurja tushuntirib berildi.