Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

 

Akademiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi boshlig‘i X.Tursunbekov tomonidan O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklari uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralari, amaliyotda ularning qo‘llanilish masalalari yoritib berildi.