Akademiya talabalari tanlovlarda munosib ishtirok etishmoqda

Akademiya talabalari tanlovlarda munosib ishtirok etishmoqda

 

Mamlakatimizda yoshlarning madaniyat, san’at va boshqa ijodiy sohalardagi iqtidorlarini namoyon etishlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ma’naviy dunyoqarishini yuksaltirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida turli tanlov va musobaqalar tashkil etilmoqda.

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tomonidan “Dillarda vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va she’riyat tanlovi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 10-25 mart kunlarida o‘tkazilgan birinchi bosqichda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 3-kurs talabasi Olimjonov Obidjon she’riyat hamda 2-kurs talabasi Xalillayev Azizbek qo‘shiq tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib keyingi bosqichga o‘tishdi.

Talabalarimizga omad tilab qolamiz!