Akademiya talabasi karate musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Akademiya talabasi karate musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

 

Akademiyada sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishi oshirish maqsadida tanlov hamda musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

Shu bilan bir qatorda, tanlovlarda saralangan talabalar yurtimizda tashkil etilayotgan har xil sport musobaqalarida ishtirok etishmoqda.

Samarqand shahrida sportning ITKF Karate-do bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 1-kurs talabasi Xudoyberdiyev Murodjon 18 yoshdan katta yoshdagi ishtirokchilar orasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Talabamizning sportdagi faoliyatida kelajakda yuksak marrralarni zabt etishini tilab qolamiz.