Inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi binar mashg‘ulot

Inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi binar mashg‘ulot

 

Akademiya Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazi bilan birgalikda bakalavriat talabalari uchun “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazining roli va ahamiyati” mavzusida binar mashg‘ulot o‘tkazildi.

Binar mashg‘ulot “Inson huquqlari milliy tizimi” moduli doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.

Milliy markazning tarkibiy tuzilmalari va ularning vazifalariga oid batafsil axborot tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi, BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi.

Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.