Akademiya talabalarining navbatdagi yutuqlari

Akademiya talabalarining navbatdagi yutuqlari

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi talabalari Akademiyada tahsil olish bilan birga xalqaro hamkorlarimiz tomonidan tashkil etilgan loyiha va dasturlarda ishtirok etib kelishmoqda.

Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 1-kurs talabasi A.Kamalxadjayev Rossiya Federatsiyasi Milliy tadqiqot yadro universitetining Moliyaviy texnologiyalar va iqtisodiy xavfsizlik instituti va Moliyaviy monitoring Federal xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilgan Moliyaviy razvedka bo‘yicha III Xalqaro qishki onlayn maktab kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.