Jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha malaka oshirishga ko‘mak ko‘rsatish xalqaro dasturi (ICITAP) vakillari bilan uchrashuv

Jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha malaka oshirishga ko‘mak ko‘rsatish xalqaro dasturi (ICITAP) vakillari bilan uchrashuv

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Akademiya rahbariyatining AQSH Adliya departamenti Jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha malaka oshirishga ko‘maklashish xalqaro dasturi (ICITAP) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tomonlar mazkur dastur doirasida prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularning bilim, ko‘nikma va ilmiy-amaliy salohiyatlarini oshirishda hamkorlik qilish loyihalarini muhokama qilishdi.