9 may ­– Xotira va qadrlash kuni

9 may ­– Xotira va qadrlash kuni

 

Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni 9 may ­– Xotira va qadrlash kuni bilan chin dildan qutlaymiz!
Ozodlik va musaffo osmonimiz yo‘lida o‘z hayotini qurbon qilgan hamyurtlarimiz ruhi poklariga doimo hurmat bajo keltiramiz.
Vatan ozodligi uchun kurashgan yurtdoshlarimiz va ularning avlodlarini, butun yurtimiz ahlini bayram bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, ko‘tarinki kayfiyat va tinchlik-xotirjamlik tilaymiz!