2024 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon (diktant) o‘tkaziladi.
Manzillar (ilova).
“Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzod tanlangan tanlov o‘tkazish hududdagi manzilga 2024 yil 9 iyun soat 09:00ga pasport yoki ID-karta va abituriyent ruxsatnomasi bilan (my.uzbmb.uz dagi shaxsiy kabinetdagi ma’lumotlar (sinov o‘tadigan auditoriya, joy) bilan tanishgan holda) yetib kelishi lozim.