YUSAIDning O'zbekiston sud-huquq tizimidagi islohotlarga (JRUP) oid yangi dasturining taqdimoti

YUSAIDning O'zbekiston sud-huquq tizimidagi islohotlarga (JRUP) oid yangi dasturining taqdimoti

Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati 2018 yil 19 oktyabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida bo'lib o'tgan AQSH xalqaro taraqqiyot Agentligining (USAID) sud-huquq tizimidagi islohotlarga bag'ishlangan yangi dasturining taqdimotida ishtirok etdi.

Dastur Amerikaning butun dunyo miqyosida qonun ustuvorligi sohasidagi dasturlar bilan ishlovchi «Tetra Tech DPK» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi va u huquqni muhofaza qilish sohasi, odil sudlovni modernizatsiya qilish, yuridik kasb hamda davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik qilishga qaratilgan.