Akademiya bakalavriatining “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

Akademiya bakalavriatining “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yili uchun “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul yakunlanmoqda.

Akademiya bakalavriati “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari va to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

“Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar joriy yil 25 iyun soat 23:59ga qadar test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga (2024-2025-o‘quv yili uchun)” bo‘linmasida “Yurisprudensiya” va “Chet tili” test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlash lozim.

Test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Shuningdek, nomzodlar “Chet tili sertifikati” bo‘linmasida tegishli sertifikatni yuklashi mumkin.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

www.facebook.com/ProsecutorAcademy

www.instagram.com/proacademyuz/

https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.