Joriy yilning 19 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasining Bosh prokurori M.Asanaliyev Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonga Akademiyaning tuzilmasi va asosiy faoliyat yo‘nalishlari, prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish tizimi hamda o‘quv jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmon Akademiyaning moddiy-texnik bazasi, tinglovchilar uchun o‘quv jarayonini tashkil etilishi, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.