O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish  akademiyasida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish  akademiyasida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul davom etmoqda

 

Akademiyada 2024/2025 o‘quv yiliga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat "60420100 - Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)" yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda (https://my.edu.uz havolasi orqali).

Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari test sinovlari shaklida  “Huquqshunoslik fani” bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etish uchun barcha talabgorlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (170 000 so‘m to‘liq) to‘lov undiriladi (to‘lovni amalga oshirganda komissiyani inobatga olish kerak).

To‘lovni 400910860262667094100010001 hisob raqamiga abituriyentning F.I.Sh. (HMQA ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga) ko‘rsatgan holda o‘tkazish lozim.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.