O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati “Prokurorlik faoliyati”  yo‘nalishini tanlash

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati “Prokurorlik faoliyati”  yo‘nalishini tanlash

 

Ma’lumki, abituriyentlar my.uzbmb.uz maxsus elektron platformada joriy yilning 27 iyulidan 10 avgustiga qadar 5 ta oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Shu bois, abituriyentlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Prokurorlik faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Akademiya bakalavriati “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishlarida o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari va to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

www.facebook.com/ProsecutorAcademy

www.instagram.com/proacademyuz/

https://t.me/TheLawEnforcementAcademy hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.