O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga ro‘yxatdan o‘tganlar diqqatiga

 

Akademiyada 2024/2025 o‘quv yilidan e’tiboran ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limning bakalavriat “60420100 – Yurisprudensiya (prokurorlik faoliyati)” yo‘nalishini sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish 10 avgust kuni yakunlandi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (170 000 so‘m to‘liq) to‘lovni joriy yilning 12 avgust kuniga qadar (shu kuni ham) amalga oshirish lozim (to‘lovni amalga oshirganda komissiyani inobatga olish kerak).

To‘lovni 400910860262667094100010001 hisob raqamga abituriyent F.I.Sh. (HMQA ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga) ko‘rsatgan holda o‘tkazish lozim.

Test o‘tkazish vaqti va joyi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Shuningdek, mavjud savollarga javob berish uchun telegram guruhi ochilgan: https://t.me/+nH-ESrp0YPwyZGQy.