Terrorizmga qarshi kurashish sohasida Buyuk Britaniya ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Terrorizmga qarshi kurashish sohasida Buyuk Britaniya ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Kris Felton boshchiligidagi Buyuk Britaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shu jumladan terrorizmga qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilim va salohiyatni oshirish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish va davom ettirishga kelishib oldilar.