Akademiya talabalari halqaro tadbirda ishtirok etdi

Akademiya talabalari halqaro tadbirda ishtirok etdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bir guruh talabalari Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil etilgan “Jessup Moot”ning Markaziy Osiyo yozgi maktabi mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar.

Xalqaro ommaviy huquq bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar davomida talabalarimiz xalqaro huquq manbalariga kirish, xalqaro javobgarlik, xalqaro shartnomalarni talqin qilish va boshqa ko‘plab masalalar muhokamasida faollik ko‘rsatdilar.

Yozgi maktab yakunida talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.