Giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida AQSH ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida AQSH ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida E. Kisher boshchiligidagi AQSH Adliya depatamentining Giyohvandlikka qarshi kurashish boshqarmasi (DEA) Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, shu jumladan giyohvandlikka qarshi kurashish sohasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bilim va salohiyatini oshirish, mazkur sohada qo‘shma ta’lim dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.