Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari diqqatiga!

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati talabalari diqqatiga!

 

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli talabalari uchun yangi o‘quv yili 2024 yil 9 sentyabr dushanba kunidan boshlanishi munosabati bilan talabalar yotoqxonasiga shartnoma rasmiylashtirish uchun my.gov.uz hukumat portali orqali elektron ariza qoldirish lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, yotoqxonada istiqomat qilish istagini bildirmagan talabalar, ilovada keltirilgan ro‘yxat bo‘yicha shaxsiy xonadonlarni ijaraga olgan holda joylashishlari mumkinligi ma’lum qilinadi.