Yaponiya Huquq va til assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

Yaponiya Huquq va til assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Yaponiya Huquq va til assotsiatsiyasi hamda Kinjo Gakuin Universiteti (Kinjo Gakuin University) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Akademiya faoliyati, yo‘nalishlari, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tomonlar yuridik til (lingvistika), huquqiy terminologiya, uni amaliyot va qonunchilikda qo‘llash masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi.