Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv

 

Akademiyada Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hamkorlikda qo‘shma loyiha va dasturlar, shu jumladan ma’muriy tartib-taomillar, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Konstruktiv muloqot chog‘ida tomonlar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijalari e’tirof etilib, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikdagi faoliyatni izchil davom ettirish muhimligi qayd etib o‘tildi.