Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha o‘quv treningi tashkil etildi

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha o‘quv treningi tashkil etildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan “Yo‘l xaritasi” doirasida ushbu qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun “Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va uni hal qilish choralari” mavzusidagi maxsus onlayn o‘quv treningi tashkil etildi.

Trening Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi prokurori T.Safarov tomonidan olib borilib, ishtirokichlarga manfaatlar to‘qnashuvi masalalariga oid qonunchilik, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.