Akademiyada shaxmat bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi

Akademiyada shaxmat bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba va tinglovchilar ishtirokida sport tadbirlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa 1, 2, 3- kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda jami 27 nafar talaba ishtirok etdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlar natijasiga ko‘ra:

1-o‘rinni 2-kurs talabasi Raxmonov Sherzod;

2- o‘rinni 2-kurs talabasi Kushmakov Rasulbek;

3-o‘rinni 1-kurs talabasi Rahimjonova Beg‘ubor egalladilar.

Shaxmat bo‘icha musobaqalar yoshlarning intellektual slohiyatini va tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

G‘oliblar diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.