Navbatdagi ekologik aksiyada ishtirok etildi

Navbatdagi ekologik aksiyada ishtirok etildi

 

Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi xodimlari va ko‘ngilli talabalar jamoasi “Tashkent Ploggers” jamoasi bilan dam olish kunlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi qarovsiz qolgan hayvonlar uchun tashkil etilgan “Hayot” boshpanasi hududi va uning atrofida Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan plogging ekologik aksiyasida ishtirok etdi.

Mazkur tadbirda ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, boshpana hududida hamda uning atrofida to‘planib qolgan chiqindilarni yig‘ishtirib chiqdilar.

Mazkur ekologik aksiya doirasida Akademiya xodim va talabalari tomnidan 4 km masofa bosib o‘tilib, 36 qop chiqindi, shu jumladan plastik idishlar yig‘ildi va qayta ishlash uchun olib ketildi.