Talabalar ishtirokida navbatdagi sport tadbiri o‘tkazildi

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Talabalar ishtirokida navbatdagi sport tadbiri o‘tkazildi

 

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa bakalavriat talabalari o‘rtasida o‘tkazilib, sport bellashuvlari natijasida quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rinni 1-kurs talabasi Asatbek Egamov;

2- o‘rinni 1-kurs talabasi Anvarjon Quvondiqov;

3- o‘rinni 2-kurs talabasi Ortiqali Mo‘minjonov egalladi.

Musobaqa g‘oliblariga esdalik sovg‘alar va diplomlar topshiriladi.

Telegram Facebook