O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Pensilvaniya universiteti (AQSH) xalqaro dasturlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Stiven Barns bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, qo‘shma dasturlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
O‘z navbatida, xorijiy mehmon Akademiya faoliyati, prokuratura va tergov organlari xodimlarini o‘qitish jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan yangi pedagogik usullar va zamonaviy texnologiyalar, o‘quv infrastrukturasi hamda professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.