Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyati topshirig‘iga asosan joriy yilning oktyabr oyi Akademiyada yong‘in xavfsizligi oyligi etib belgilandi.
Shu munosabat bilan, Akademiyaning xodim va talabalari ishtirokida yong‘in xavfsizligi qoidalari, talab va me’yorlarini tushuntirish, yong‘in chiqqan vaziyatda ko‘riladigan choralar va harakatlar bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilariga yong‘in chiqqan vaziyatda qanday choralar ko‘rish va harakatlanish zarurligi amaliy va aniq misollar yordamida batafsil tushuntirilib, ularda bu borada ko‘nikmalar shakllantirildi.
Akademiyada yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar davom ettirilmoqda.