Anons: BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi modeli o‘tkaziladi

Anons: BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi modeli o‘tkaziladi


9 Dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kunini nishonlash uchun bag‘ishlangan tadbirlar dasturi doirasida Akademiyada O‘zbekiston yuridik oliy o‘quv yurtlarining magistratura tinglovchilari o‘rtasida BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi ishtirokchi-davlatlar konferensiyasi modeli formatida “BMTning korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasini amalga oshirish mexanizmi: sharhning ikkinchi sikli” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlar, strategiyalar va amaliyotni korrupsiyaga qarshi kurashishning diplomatiyasi, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik madaniyatini takomillashtirish sohasidagi bilimlarni va kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan

Konferensiyada korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasining II bobi qoidalarini tahlil qilish va muhokama qilish, ularni milliy qonunchilikka tatbiq etish, shuningdek, bir necha xorijiy mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratiladi.

Bog‘lanish uchun info@proacademy.uz elektron pochta manziliga yoki (71) 202-04-96 (ichki 1916) telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.